15 Noyabr 2021 yil 536

Termiz tumanida, maktab o'quvchilariga yo'l qoidalari o'rgatilmoqda

O'zbekistan Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2021 yil 12 fevral kuni ichki ishlar vazirligi hay'atining kengaytirilgan tarzda o'tkazilgan yig'ilishida belgilab berilgan vazifalarga muvofiq, umumiy o'rta ta'lim maktablarida ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplarini to'laqonli bajarilishini ta'minlash, ta'limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta'lim muassasalari ayniqsa, huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligini yanada kuchaytirish maqsadida, Ichki ishlar organlari boshliqlari umumiy o'rta ta'lim maktablarda profilaktik tadbirlarni tashkil etish tartiblari belgilangan.
Aynan shu maqsadda, Termiz tumani "Orol" mahallasida joylashgan Termiz tumani xalq ta'limi bo'limiga qarashli 3-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi Termiz tumani ichki ishlar bo'limi boshlig'i podpolkovnik M.Amanto'raev tashabbusi bilan maktabda "Yo'l harakati xavfsizligi" xonasi kerakli o'quv anjomlari hamda jihozlar bilan ta'minlandi.
Mazkur maktab o'quvchilariga yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash borasida tuman IIB Yo'l harakati xavfsizligi guruhi xodimi katta serjant A.Tog'aev tomonidan "Yo'l qoidasi umr foydasi" mavzusida ochiq dasr tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech