11 Aprel 2022 yil 421

Termiz tumanida ko‘knor o‘simligini parvarishlayotgan shaxs aniqlandi

Termiz tumanida 2022 yil 26 mart kuni soat 13:30 larda, tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, tumanning “Navro‘z” mahallasida yashovchi, D.Davronning (ism sharif o‘zgartirilgan) yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari ko‘zdan kechirilganida, hovlisida 1 tup “ko‘knor” o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan. 27 mart kuni D.Davronga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech