Termiz tumanida ichki ishlar organlari xodimlari sharaflandi
Bugun, 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni hamda mazkur tizim tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan Termiz tumanida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Termiz tumani hokimi
Shuxrat Nazarov, huquq-tartibot idoralari rahbarlari hamda ichki ishlar
organlari xodimlari ishtirok etdilar.
Tuman rahbari tinch va osuda
hayotimizni ta’minlab kelayotgan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya
qilayotgan ichki ishlar xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklab, ularga
mas’uliyatli va sharafli xizmatlarida muvaffaqiyat tiladi.
Shuningdek, samarali
faoliyati, fidokorona xizmati va namunaviy intizomi bilan alohida ajralib
turgan bir guruh xodimlar tuman hokimligi va Ichki ishlar bo‘limining faxriy
yorliqlari, qimmatbaho hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bayram tadbiri ishtirokchilari Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida yanada fidokorona xizmat qilishga so‘z berdilar.