18 Yanvar 2023 yil 368

Termiz tumanida xonadon o‘g‘rilari qo‘lga olindi

Termiz tumanida 2022 yil 1 dekabr kuni xisobga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari bilan qo‘zg‘atilgan, shu tumanda yashovchi,  R.Rushananing (ism shariflar o‘zgartirilgan) yashash uyidan 3.200 (uch ming ikki yuz) AQSh dollari va 35 000 000 (o‘ttiz besh million) so‘mlik 2 dona kumush tanga, 1 dona kumush klon va 1 juft sirg‘alari o‘g‘irlik jinoyat ishi yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlikni mahalladoshlari, Yu.Baxrom, D.Doston va  K.Kamollar  sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalillar olingan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech