4 Iyul 2024 yil 337

Termiz tumanida fuqarolar o‘rtasida Kibermadaniyatni oshirish yuzasidan targ‘ibot o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati Termiz tuman hokimligi binosida "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib brildi.

Ushbu targ‘ibot tadbirida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi mas’ullari, tumandagi davlat tashkiloti va idorlari, huquqtartibot organlari rahbarlari va xodimlari, “mahalla yettiligi” faollari hamda fuqarolari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida, hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimiz firibgarlik, o‘g‘rilik va boshqa shu kabi jinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi haqida so‘z yuritilib, ushbu jinoyat qurboniga aylanmaslik uchun amal qilishi va har xil aldovlarga ishonmasliklari tushuntirildi.

Targ‘ibot tadbiri yakunida, targ‘ibot ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.

Text to speech