28 May 2022 yil 354

Termiz tumanida “Yosh huquqshunos” respublika ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda Mamlakatimizda barkamol avlodni yoshlarni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, yoshlar erishayotgan natijalarni targ‘ib qilish va qo‘llab quvvatlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvar kunidagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-92-son Qaroriga muvofiq, Surxondaryo viloyati IIB va Surxondaryo viloyati Yoshlar ishlari agentligining qo‘shma Qaroriga asosan, joriy yilning 27 may kuni Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi binosida “Yosh huquqshunos” respublika ko‘rik tanlovining Termiz tuman bosqichi o‘tkazildi.
“Yosh huquqshunos” respublika ko‘rik tanlovining nizomiga ko‘ra har bir ishtirokchiga 20 ta ona tili va adabiyot, 20 ta O‘zbekiston tarixi hamda 60 ta huquq fanidan test savollari berildi. Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada eng bilimlilari aniqlab olindi.
Unga ko‘ra, “Yosh huquqshunos” respublika ko‘rik tanlovining tuman bosqichida faxrli o‘rinlarni olgan yoshlar viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Musobaqa yakunida, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarga O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi Termiz tuman bo‘limi hamda tuman Ichki ishlar bo‘limining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Text to speech