26 Noyabr 2021 yil 699

Termiz tumanida er-xotin o'g'irlik qilganligi ma'lum bo'ldi

Termiz tumanida 2021 yil 1 noyabr kuni, tumanning "Navro'z" mahallasida yashovchi, R.Zilola (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 17 oktabr kuni, uyidan 3.000.000 (uch million) so'mlik 1 dona "Royson" rusumli muzlatgichini noma'lum shaxslar o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini, Termiz tumanida istiqomat qiluvchi J.Shavkat va turmush o'rtog'i, V.Sanobarlar sodir etishganliklari aniqlanib, ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan. 5 noyabr kuni J.Shavkat va V.Sanobarlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech