26 Fevral 2024 yil
582
Termiz tumanida yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilmoqda
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik
va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida, ta’lim muassasalarida
mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘plab targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Bugun Termiz tuman Ichki ishlar
bo‘limi boshlig‘i O‘ktam Mustafoqulov tashabbusi bilan 3-sektor hududidagi 2-sonli
umumta’lim maktabida voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar
sodir etmaslik va ularni oldini olish mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Shundan so‘ng, o‘quvchi-yoshlar o‘zlarining harbiy mahoratlarini
sinovdan o‘tkazishib, “Otchopar” majmuasidagi “Qorabayir” otlari mahorat maktabi
faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.