23 Fevral 2024 yil 292

Termiz tumanida boshqarma boshliqlari tomonidan aholining murojaatlarini o‘rganish va ijobiy yechim topish uchun Sayyor qabul tashkil etildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan olib borilayotgan islohotlar natijasida, aholini qiynab kelayotgan muammolarga ijobiy yechim topish, fuqarolarni bugungi kunidan rozi qilish maqsadida joylarda sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda. Ana shunday qabullarning navbatdagisi Termiz tumanidagi Madaniyat bo‘limi binosida tumandagi 3-sektor hududidagi mahalla fuqarolari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Surxondaryo viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ismailov Timur Kamalatdinovich, viloyat Soliq boshqarmasi boshlig‘i Narmanov Erkin Abdualimovich hamda tuman sektor rahbarlari, mas’ul korxona va tashkilot mas’ul xodimlari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, moddiy yordam olish, ishga joylashish, probatsiya nazorati hisobidan chiqarish, ichki yo‘llar ta’miri va boshqa bir qator masalalardagi yigirmadan ortiq murojaatlarini tinglashdi.

Murojaatlarning asosiy qismi shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ba’zi murojaatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ijrosini o‘rganish uchun qo‘shimcha muddat talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirilib, boshqarma boshliqlari tomonidan nazoratga olindi.

Text to speech