22 May 2023 yil 439

Termiz tumanida haydovchi talonchilik jinoyatini sodir qildi

Termiz tumanida 2023 yil 1 may kuni, tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, Jarqo‘rg‘on tumani “Hayitobod” mahallasida yashovchi, D.E’zozani (ism shariflar o‘zgartirilgan) 27 aprel kuni 18-30 larda, Jarqo‘rg‘on tumani “Qorabura” mahallasida yashovchi, E.Umar boshqaruvidagi “Spark” rusumli, avtoulovida Jarqo‘rg‘on tumaniga qaytishayotganida Termiz tumanining “Sabzipoya” mahallasi hududida yo‘l chetida to‘xtab, E.Umar o‘zaro tortishib qolib uni avtoulovdan tushirib, D.E’zozaning bo‘ynidagi tilla zanjiri va qo‘l telefonini olib qo‘yib, yo‘lda qoldirib, avtoulovida qochib ketganligini bildirgan. 1 may kuni E.Umarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandi  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech