14 Noyabr 2020 yil 715

Termiz tumanida 3-sektor rahbarining sayyor uchrashuvi tashkil etildi

Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i A.Ismoilovning navbatdagi sayyor uchrashuvi Termiz tumani "Yangiobod" mahallasida bo'lib o'tdi.

Dastlab, sayyor uchrashuvda yoshlar va xotin-qizlarga tadbirkorlikning turli yo'nalishlari bo'yicha tushuncha berildi.

Shundan so'ng, aholining murojaatlari tinglandi. Xususan, Termiz tumani "Yangiobod" mahallasida yashovchi fuqaro Normatova Gulnora ayollarga maishiy xizmat ko'rsatish hamda go'zallik saloni ochish uchun kredit olish istagi borligini va ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta'minlashini bildirdi. Bundan tashqari, shu mahallada yashovchi Norqobilova Manzura tikuvchilik tsexi tashkil etib, uni rivojlantirish uchun tijorat bankidan imtiyozli kredit olish uchun yordam so'radi. Sayyor qabulda shu kabi 84 ta murojaat nazorat ostiga olinib, ularning ijobiy hal etilishiga kirishildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech