Termiz tumani hududidagi “Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining mevali daraxtlar bog‘i”da obodonlashtirishtirish ishlari davom etmoqda.
Surxondaryo
viloyati 3-sektor hududiga qarashli Termiz tumanining “Ayritom” mahallasi hududidagi
“Surxondaryo viloyati Ichki
ishlar boshqarmasining mevali daraxtlar bog‘i”da viloyat IIB
sohaviy xizmat xodimlari tomonidan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari
bilan yaqindan tanishish maqsadida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘i Abduvohid Ismoilov tashrif buyurib, bog‘dagi mavjud mevali va manzarali
ko‘chatlarni ilmiy asoslarga ko‘ra parvarishlash maqsadida biriktirilgan
bog‘bon va viloyat IIB mas’ullari bilan suhbat qurdi.
Suhbat
asnosida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining sifati, yerning unumdorligi,
ko‘chatlar oralariga hosildorligi yuqori hamda sifatli bo‘lgan qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini ekish va parvarishlashda olib borilayotgan ishlar xususida so‘z bordi.
“Yashil makon” umummilliy
loyihasi doirasida yurtimiz bo‘yilab amalga oshirilayotgan hashar tadbirlari vohamizning
barcha hududiy ichki ishlar bo‘linmalari xodimlari tomonidan davom ettirilmoqda.