Termiz tumani hududida joylashgan “Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining mevali daraxtlar bog‘i”da obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.
Bugungi kunda dunyo ahlini tashvishga solayotgan global muammolardan biri
ekologiyaning buzilishidir. Shu boisdan O‘zbekiston Respublikasida ham ekologik
vaziyatni yaxshilash, bu orqali iflos gaz va havolarni tozalash, aholining salomatligini
yaxshilash maqsadiga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz
bo‘ylab qator, chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyihalar doirasida, Surxondaryo viloyatida ham manzarali, mevali
daraxt va buta nihollarini ekish orqali iqlim sharoitlarini yaxshilash borasida
samarali ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Surxondaryo viloyati 3-sektor hududiga qarashli Termiz tumanining “Ayritom”
mahallasi hududida yovvoyi o‘t-o‘lanlar bosib changalzorga aylangan qarovsiz bo‘lgan
qariyb 6 gektar yer maydoni viloyat ichki ishlar boshqarmasining sohaviy xizmat
xodimlariga taqsimlanib berilishishi natijasida, ushbu tashlandiq yer tez fursatlarda
yovvoyi o‘t-o‘lanlardan tozalanib, og‘ir va qishloq xo‘jaligi texnikalari yordamida
kerakli ishlovlar berilishi natijasida, “Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining
mevali daraxtlar bog‘i” barpo etilgan edi.
Ushbu bog‘da 5 turdagi mevali daraxt nihollari bog‘dorchilikka ilmiy yondoshilgan
holda 1000 tup olma, 500 tup olxo‘ri, 500 tup shaftoli, mahalliy yong‘oq-400 tup,
620 tup o‘rik nihollari hamda 1000 tupdan ortiq manzarali archa ko‘chatlar ekilgan.
Mazkur
barpo etilgan bog‘da bugun ichki ishlar organlari xodimlarining jonkuyarligi va
hamjihatligi bois bog‘ atrofi turli chiqindilardan tozalanib, daraxt ko‘chatlari
va oralariga qishloq xo‘jaligi texnikalari hamda xodimlarning qo‘l kuchi yordamida
ishlov berilmoqda.
Ekilgan
ko‘chatlar oralariga turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sabzavot va ko‘katlar
ekish rejalashtirildi.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi ezgu
qadriyatlarimiz davomiyligini ta’minlash va barqaror rivojlanishga erishishda muhim
omil bo‘lmoqda.
Ushbu dastur doirasida hashar tadbirlari
vohamizning barcha hududiy ichki ishlar bo‘linmalari xodimlari tomonidan 1 dekabrga
qadar amalga oshiriladi.