Termiz tumani hududida “Probatsiya oligi” doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor
B.Abdullaevning tegishli farmoyishiga asosan joriy yil 23-iyuldan 23-avgustgacha
Respublikamiz hududida keng qamrovli “Probatsiya oyligi” tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Oylik doirasida Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan “Hamkor” maxsus
profilaktik tadbirlari o‘tkazilib, tashkilot, idora va korxonalar xodimlari hamda
jamoat joylarida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek,
probatsiya hisobida turgan shaxslarning yashash xonadonlari hamda ish joylari o‘rganilib,
qayta jinoyat sodir etmasligi to‘g‘risida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi va kelgusida
ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlarini
qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari belgilandi.