28 Oktyabr 2024 yil 362

Termiz tumani hokimligi binosida o‘tkazilgan tadbirda Probatsiya guruhi ro‘yxatida turgan yoshlar bilan profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda ichki ishlar organlari vakillari, jumladan, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Qahramon Qosimov hamda Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori Zoxid Samadovlar ishtirok etishdi.

Yoshlarga qayta jinoyat sodir etmaslik bo‘yicha keng qamrovli tushuntirishlar berildi. Xususan, ular qanday majburiyatlarga ega ekanliklari va qaysi huquqlari cheklanganligi haqida batafsil tushuntirildi. Ushbu jarayonda qonunlarga amal qilishning muhimligi qayd etildi, chunki Probatsiya ro‘yxatida bo‘lgan shaxslar o‘zlarining muayyan cheklovlari bilan yashashlari lozim.

Tadbirda, shuningdek, avtotransport boshqaruvi huquqi cheklangan yoshlarga alohida e’tibor qaratilib, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, transport vositasini noqonuniy boshqarishning salbiy oqibatlari haqida ham gapirib o‘tildi. Maqsad – yoshlarga qonuniy chegaralarni oshirish va ularni jamiyatga to‘g‘ri yo‘naltirish orqali kelajakdagi jinoyatlarning oldini olishdir.

Text to speech