12 Iyun 2024 yil 419

Termiz tumani Namuna mahallasi “Yoshlar jinoyati va huquqbuzarligidan holi mahalla” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Prezidentimizning tegishli Farmon va qarorlari bilan yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hayotda o‘z yo‘llarini topishda ko‘maklashish uchun vazirlik, idora hamda mahalliy davlat boshqaruvi organlari tomonidan yoshlarni otaliqqa olish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Ichki ishlar vazirligi tomonidan bir million nafar yoshlar otaliqqa olingan.

Shunga asosan vazirlik tomonidan yoshlar o‘rtasida “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!” shiori ostida keng qamrovli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida viloyat miqyosida Termiz tumani Namuna mahallasi “Yoshlar jinoyati va huquqbuzarligidan holi mahalla” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Kuni-kecha tuman Ichki ishlar bo‘limida nominatsiya g‘olibi bo‘lgan mahalla “yettiligi”ni taqdirlash tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda viloyat va tuman IIB mutasaddilari, “yettilik”ning tuman bo‘limi boshliqlari hamda mahallalar vakillari ishtirok etishdi.

G‘oliblarga Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xafvsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining faxriy yorliqlari tantanali topshirildi.

Text to speech