8 Dekabr 2022 yil 320

Termiz tumani IIBda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Kuni kecha Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limining majlislar zalida 8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Ushbu bayram tadbirida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik I.Tursunov, tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik O‘.Mustafoqulov hamda tuman IIBning barcha shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.

Tashkil etilgan bayram tadbiri davomida, tuman hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish hamda fuqarolar xafsizligini taminlash borasida yuqori natijalarga erishib, kasbdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan ta’sis etilgan «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik ko‘krak nishoni, faxriy yorliq, maxsus unvon va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech