24 May 2023 yil 168

Termiz tumani IIBda “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023 yil 11 aprel kunidagi farmoyishiga asosan Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy – burchimiz” shiori ostida 2023 yil 1 maydan 31 mayga qadar “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish belgilangan bo‘lib, ushbu oylik doirasida “Kitobxonlik”, “Teatr, muzey va kino”, “Madaniy va ma’rifiy”, “Intellektual” hamda “Sport” tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Xuddi shunday tadbirlardan biri Termiz tumani IIBda ham tashkil etilib, unda shaxsiy tarkib bilan faxriy xodimlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazldi. Uchrashuvda faxriylar tomonidan xodimlarga Termiz tumani ichki ishlar bo‘limi tarixi haqida tegishli ma’lumotlar berilib, o‘tmish bilan hozirgi kundagi faoliyat haqida fikr mulohazalar qilindi.

Text to speech