30 Aprel 2022 yil
388
Termiz tumani IIBda «Mahalla obodligi – yurt farovonligi» shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi
Tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari ham o‘zlari faoliyat yuritayotgan bino atrofida joylashgan bog‘zorlar va ko‘chalar bo‘ylab obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirishdi.
Qariyb 1 gektarga yaqin maydonda joylashgan hududda bugun erta tongdan shaxsiy tarkib va boshqa xodimlar tomonidan hashar boshlanib, daraxtlarni butash, oqlash, yo‘laklarni tozalash, daraxt oralariga ishlov berish, yangidan gul, buta va daraxt ko‘chatlarini o‘tkazish ishlari olib borildi.
Har bir fuqaro o‘zi yashayotgan, mehnat qilayotgan hudud obodligi uchun o‘z hissasini qo‘shsa, yurtimizning barcha manzillari obodlikka yuz tutadi va chin ma’noda yashil makonga aylanadi.