21 Avgust 2022 yil 351

Termiz tumani IIBda "Gender zo‘ravonlikka javoban xizmat ko‘rsatishning standart operatsion ish tartiblari" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi

Ma’lumki, Joriy yilning 13-15 iyul  kunlari  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining tegishli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, BMTning Yunipfa tashkiloti bilan hamkorligida "Idoralararo standart operatsion ish tartiblari" bo‘yicha  seminar-trening bo‘lib, unda sog‘liqni saqlash, ichki ishlar, reabilitatsiya va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha xodimlar o‘qitilgan edi.

Bugun  Termiz tumani IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika inspektorlari  ishtirokida seminar trening o‘tkazildi.  Unda mutaxassis-trenerlar M.Qurbonova va M.Haydalievalar ishtirok etib "Gender zo‘ravonlikka javoban xizmat ko‘rsatishning standart operatsion ish tartiblari" mavzusida so‘z yuritishdi. Mavzu yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Text to speech