4 May 2023 yil
317
Termiz tumani IIBda ham “Ma’naviyat oyligi” tadbirlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil 11 aprel kunidagi Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy – burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi hamda viloyat IIBning 2023 yil 29 aprel kunidagi tegishli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxodaryo viloyati Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari Termiz tumanida joylashgan axborot resurslar markazi (kutubxona) faoliyati bilan tanishish asnosida ushbu kunubxona to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Bundan asosiy ko‘zlangan maqsad esa xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iboratdir.