1 May 2022 yil
568
Termiz tumani IIB boshlig‘i talaba yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazdi
Termiz tuman Agrotexnologiyalar va Innovatsion rivojlantirish institutida talaba yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda diniy ekstrimizmga qarshi kurashish mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda, Termiz tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik O‘.Mustafoqulov tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari J.Xujaqulov, Yangiobod mahalla Profilaktika inspektori leytenant M.Raxmonov, M.Azizov istitut yoshlari bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limii xodimlari, rektor maslahatchisi, fakultet dekani va o‘rinbosarlari, guruh tyutorlari va talabalar ishtirok etishdi.
Davra suhbatini Termiz davlat Agrotexnologiyalar va Innovatsion rivojlantirish instituti yoshlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor R.Norliyev ochib berib, taklif qilingan mehmonlarni ishtirokchilarga tanishtirib, talbalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga karatilgan profilaktik ishlarni talaba yoshlar orasida ham tizimli tashkil etish dolzarb ekanligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng Termiz tuman IIB boshligi podpolkovnik O‘.Mustafoqulov so‘zga chiqib bugungi kunda talaba yoshlarni turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishdan asrash, ular orasida jinoyatchillik va huquqbuzarlikning oldini olish talaba yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, qasddan odam o‘ldirish yoki tan jarohat yetkazish, mol mulkka tajovuz qilish, firibgarlik kabi jinoyatlarning oldini olish hamda ayollar, yoshlar, voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlarni keskin kamaytirish huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida keng jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshirish lozim bo‘lgan tizimli ishlar haqida so‘z yuritdi.
O‘z navbatida so‘zga chiqqan, Termiz tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari mayor J.Xujaqulov tuman aholisining tinchligi va osiyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarlikka karshi kurashish barcha birdek ma’sul ekanligini ta’kidlab, giyohvandlik, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishning salbiy oqibatlari haqida talaba yoshlar va yig‘ilganlarga batafsil tushunchalar berdi.
Davra suhbati yakunida, tuman IIB boshligi O‘.Mustafoqulov institutga biriktirilgan profilaktika inspektori Muzaffar Azizovni talab yoshlarga tanishtirish asnosida, talaba yoshlarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil misollar asosida ma’lumotlar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati