26 Yanvar 2023 yil 354

Termiz tumani ichki ishlar bo‘limida yil sarhisobi tanqidiy-tahlil qilindi

Joriy yilning 25 yanvar kuni Termiz tumani ichki ishlar bo‘limi binosida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik Ikromjon Tursunov huzurida Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2022 yilning 12 oyi  davomida tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish,  terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish, jamoat tartibi, fuqarolar huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, yo‘l harakati hamda ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ish natijalari, yo‘l qo‘yilgan xato kamchiliklar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan muhokama qilindi.

O‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda tuman IIBning barcha shaxsiy tarkibi ishtirok etib, o‘tgan 2022 yilning 12 oyi davomida tuman IIB tomonidan jinoyatchilikni oldini olish, sodir etilganlarini tez fursatlarda fosh etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlari, xodimlar tomonidan ishga bo‘lgan munosabat, xizmat intizomi, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarni hal etish, erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar va  boshqa bir qator masalalar tanqidiy tahlil asosida muhokama etildi.

Yig‘ilish davomida,  viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik I.Tursunov tomonidan 2023 yilda jinoyatchilikni jilovlash va sodir etilganlarini fosh etish, har bir mahalla hududidagi ko‘chalarga, bino va inshootlariga, savdo nuqtalariga video kuzatuv kameralarni o‘rnatishni targ‘ib qilish, hududlarni ko‘chama-ko‘cha o‘rgangan holda “mahallabay”, “fuqarobay” ishlarni tashkil etib, barcha mavjud imkoniyat va kamchiliklarni kiritgan holda “yo‘l harita” ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik Ikromjon Tursunov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023-yil 20-yanvar kunidagi 10-sonli qarori mazmun mohiyati tushuntirilib, ushbu qaror asosida qabul qilingan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi talablariga har bir ichki ishlar organlari xodimlari amal qilishi, fuqarolar bilan ishlashda ushbu kodeks qoidalariga so‘zsiz amal qilish lozimligi bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech