3 Oktyabr 2024 yil
471
Termiz tuman hokimi probatsiya hisobidagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan yangicha tizimda
ishlash yuzasidan bergan topshiriqlariga asosan yoshlarning muammolarini tinglash,
taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda ularga ko‘mak ko‘rsatish, bandligini ta’minlash
bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Termiz tumani hokimi Shuxrat Nazarov tuman Ichki ishlar
bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida turuvchi yoshlar bilan
uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratib
berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida to‘xtalgan tuman rahbari, har bir yoshning
muammolarini hal etish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida
zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi.
Xususan, bugungi uchrashuvda ham yoshlarning murojaatlari
tinglanib, ularning masalalarini hal etish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga qaytarish,
hayotda o‘z yo‘llarini topishlariga ko‘maklashish borasida mutasaddilarga vazifalar
belgilab berildi.
Tuman
hokimi uchrashuv yakunida yoshlar bilan doimiy muloqot qilishga hamda ularni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini qayd etdi.