11 Avgust 2023 yil 1045

Termiz tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

  Termiz tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tuman prokuraturasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari bilan hamkorlikda tuman Probatsiya guruhi hisobida turgan ishsiz fuqarolar uchun “Ishga marхamat” bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada tumandagi korxona va tashkilotlar tomonidan taklif qilingan bo‘sh ish o‘rinlariga 15 nafar probatsiya ro‘yxatidagi fuqarolar, jumladan yoshlar ishga joylashtirilib, ularga yo‘llanmalar berildi.

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasida aholi bandligini ta’minlash muhim o‘rin tutadi. Shu sababdan bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi, probatsiya ro‘yxatidagi fuqarolarning bandligi ta’minlanishi kelgusida ularning jinoyat ko‘chasiga kirishini oldini oladi.

Text to speech