27 Aprel 2024 yil 527

Termiz tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlariga xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda xodimlar tomonidan korrupsiya va tamagirilik holatlarini oldini olish yuzasidan uchrashuv tashkil qilindi.

 Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, kelgusida xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida, Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi binosida viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik U.M.Jo‘raev ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

 Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2024-yil 15-aprel kuni  tizimda "Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi" e’lon qilingan bo‘lib, shu munosabat bilan, Termiz tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlariga xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda xodimlar tomonidan korrupsiya va tamagirlik holatlarini sodir etilishini oldini olish, xizmat intizomiga qat’iy amal qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiya va tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ichki ishlar organi xodimiga xos fazilatlarni mustahkam saqlash bo‘yicha ko‘rsatma va aniq  tavsiyalar berildi.

Text to speech