9 Iyun 2022 yil 294

Termiz shahridagi jinoyatchilikni oldini olish ishlari davom etmoqda

2022 yilning 5 oyi yakuniga ko‘ra Termiz shahar hududida jinoyatchilik soni afsuski, oshganini ko‘rish mumkin. Shu bois viloyat IIB mas’ullari Termiz shahrida jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, mahallalarda viktimologik profilaktikani amalga oshirish, maxsus hisobdagi shaxslar bilan tezkor-profilaktik ishlarni olib borish va yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash borasida ishlarni jadallashtirish hamda Termiz shahridagi kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida Termiz shahar IIB rahbariyati tomonidan yetarli darajada ishlar tashkillashtirilmaganligi va amalga oshirilmaganligini bois bir qator manzilli yo‘nalishlarni belgilab berdi. Xususan, viloyat IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari podpolkovnik I.Tursunov bu jarayonga bosh-qosh bo‘lmqoda.
Jarayonda Termiz shahri hududida 2022 yil 07 iyun kuni jinoyatlarning oldini olish va unga qarshi kurashish yo‘nalishida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, shahar hududida yashovchi 54 ta boquvchisini yo‘qotgan oila, 85 nafar yolg‘iz ona, 25 nafar yolg‘iz keksalar, 97 ta kam ta’minlangan oilalar, 141 ta 2 yoshgacha nafaqa oluvchi oilalar, 105 ta 14 yoshgacha nafaqa oluvchilar, 160 nafar moddiy yordam oluvchilar, 322 ta ko‘p bolali oilalar, 177 nafar nogironligi bor shaxslarning yashash xonadonlariga borgan holda muammolari o‘rganilib, jinoyat sodir etmasliklari va undan jabrlanib qolmasliklari yuzasidan viktimologik tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, noturar ob’ektlarni o‘rganish maqsadida Davlat Soliq inspeksiyasi xodimlarini jalb qilgan holda 8 ta restoran, 14 ta kafe, 1 ta nogironlar faoliyati bilan bog‘liq MTT, 6 ta davlat muassasalari, 5 ta AYOQSH, 17 ta sport zal, 26 ta korxona va tashkilotlar, 29 ta internet klub, 10 ta maktablar, 34 ta dorixonalar, 23 ta maishiiy xizmat ko‘rsatish muassasalari, 49 ta xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar, 39 nafar yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar, 99 ta savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar o‘rganilib, ruxsatsiz spirtli ichimlik sotmaslik, jinoyatlarni oldini olish, hududni kameralashtirish va belgilanmagan vaqtda faoliyat ko‘rsatmaslik uqtirildi.
Qolaversa, Ichki ishlar organlari ro‘yxatida turganlar ham nazardan chetda qolmadi. Ulardan 68 nafar muqaddam sudlanganlar, 53 nafar Probatsiya nazoratidagilar, 37 nafar ma’muriy nazorat ostidagilar, 18 ta janjalkash oilalar, 203 nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar, 2 nafar ruhiy kasallar, 28 nafar xonadonlarda ijrada yashovchi fuqarolar (asosan talabalar) va jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan 204 nafar fuqarolar bilan profilaktik suhbat olib borildi. 4 nafar ov quroliga ega bo‘lgan shaxslarning ov qurollarini saqlash qoidalari bo‘yicha tekshirildi.
Sud hukmi bo‘yicha o‘tkazilmagan 137 ta muhokamalarning 4 tasi, iyun oyida sodir etilgan jinoyatlardan 6 tasining muxokamasi o‘tkazildi.

Termiz shahrida yashovchi fuqarolarga o‘g‘irlik, firibgarlik va plastik karta orqali sodir etilayotgan firibgarlik jinoyatlaridan jabrlanib qolishlarining oldini olish maqsadida “buklet”lar tayyorlanib, fuqarolarga tarqatib chiqilmoqda.
Bir yo‘la hudud aholisining murojaatlari ham o‘rganilmoqda. Misol uchun, “Guliston” mahallasida yashovchi Sh.Karimova Termiz shahar hokimligi tomonidan berilayotgan arzon un oluvchilar ro‘yxatiga kiritilmaganligi uchun norozi kayfiyatda bo‘lib, murojaat qildi. Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh.Karimova bilan tushuntirish ishlari olib borilib, un oluvchilar ro‘yxatiga kiritildi.
Shuningdek, “Navro‘z” mahallasida yashovchi S.Xojamberdiyeva o‘ziga notanish bo‘lgan shaxs uni aldab, plastik kartasidagi 6.800.000 so‘m miqdorida pullarini yechib olganligni ma’lum qildi. Holat yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilib, Markaziy bank viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
Shu kuni A.Avloniy mahallasidagi 2-sonli Musiqa va bolalar maktabi binosida Termiz shahar 2-sektor rahbari, viloyat IIBdan mas’ul rahbarlar hamda Termiz shahar IIB xodimlari, mahalla faollari ishtirokida shu mahallada joylashgan 37-A uyning yo‘lagida sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyatini sodir etilishiga imkon bergan sabab va shart-sharoitlar o‘rganilib, kelgusida ushbu turdagi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan yig‘ilish muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Termiz shahar hududida YTH bilan bog‘liq jinoyat sodir etilishi mumkin 10 ta chorrahalar ajratib olinib, viloyat IIB YHXB dan 20 nafar, JQBdan 10 nafar va TVBSOdan 20 nafar xodimlar jalb qilinib, YPX postlari tashkil qilindi va faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
O‘tkazilgan maxsus tadbirlar davomida jami 106 ta ma’muriy qoidabuzarlik aniqlandi.
Ayni paytda Termiz shahrida jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish va unga qarshi kurashish yo‘nalishida viloyat IIB va Termiz shahar IIBdan iborat Ishchi guruhning tezkor-profilaktik chora-tadbirlari davom ettirilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech