28 Aprel 2022 yil 493

Termiz shahridagi “San’at saroyi”da huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Joriy yilning 28 aprel kuni Termiz shahridagi “San’at saroyida” Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan huquqni muhofaza quluvchi organlar va boshqa tashkilotlar ishtirokida “Adliya sayillari” shiori ostida aholining huquqiy ongi, huquqiy madaniyatini yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibot va ma’rifat tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi.
Mazkur ko‘rgazmali huquqiy tag‘ibot tadbirida Surxondaryo viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘ining Yuridik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Djalilov tomonidan viloyat IIB sohaviy xizmatlari hamda yuridik xizmat faoliyati bilan bog‘lik ko‘rgazmalari yordamida tadbir ishtirokchilariga huquqiy tushunchalari bilan o‘rtoqlashdi.
Jumladan, huquqiy adabiyotlar, inson huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq “Ichki ishlar idoralari va inson huquqlari” kitobi, inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, ayollar, bolalar huquqlari kafolatlari, Yuridik enseklopediya, yuridik atamalar lug‘atlari va boshqa har-xil turdagi huquqiy kitoblarining mazmun mohiyati, maqsad va vazifalari haqida tushunchalar berildi.
Ayniqsa, bugungi kunda aholi o‘rtasida “o‘g‘irlik” “firibgarlik”, “yo‘l transport hodsalari”, “odam savdosi”, “tovlamachilik”, “bezorilik” va boshqa turdagi jinoyatlarni oldini olish maqsadida, tayyorlangan buklet hamda flayerlarni taqdim qilib, tadbir ishtirokchilarini Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda jinoyatchilikka qarshi kurashishda faollikka chaqirdi.
Shuningdek, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirida, viloyat IIB Jamoat xavfsiziligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, axborot guruhi katta mutaxassisi leytenant E.Abrayev tomonidan, Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati YHXB tomonidan tashkil etilgan targ‘ibot burchagida YPX inspektorlarining xizmatda foydalanish uchun Alkotester”, “Taumetr” (yorug‘lik o‘tkazish miqdorini aniqlovchi), elektron planshet” hamda maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan avtomashinasi namoyish etilib, bunda ushbu qurilmalardan foydalanishning huquqiy asoslari, qurilmalarning vazifalari ko‘rsatib o‘tildi.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi PQ-190-son qarori mazmun mohiyati, Vazirlar mahkamasining 12.04.2022 yildagi 172-173-178- son qarorlari bilan belgilangan yo‘l harakati qoidalariga oid o‘zgartirish va qo‘shimchalar aks etdan targ‘ibot bukleti, flayer va banerlari yig‘ilganlar e’tiboriga namoyish qilindi. Ko‘rgazmali materiallar bilan bir qatorda soha mutaxassislari tomonidan tayyorlangan videolavha taqdim etib, qarorlar mazmuniga qisqacha sharh berilib qonunchilikdagi o‘zgarishlar, yangi tartib qoidalar kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqidagi targ‘ibot ishlari ham olib borildi.
“Adliya sayillari” shiori ostida o‘tkazilgan huquqiy targ‘ibot tadbirida, Surxondaryo viloyati IIB boshqarmasining faol ishtiroki uchun podpolkovnik Sh.Djalilov Adliya boshqarmasining “Tashakurnoma”si bilan taqdirlandi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech