23 Dekabr 2022 yil 348

Termiz shahridagi do‘kondan o‘g‘irlangan telefon ashyoviy dalil sifatida olindi

Termiz shahrida 2022 yil 3 dekabr kuni, shaharning “Alpomish” mahallasida yashovchi, T.Omongul (ism shariflar o‘zgartirilgan) shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 30 noyabr kuni, shahar hududida joylashgan do‘konidan 2.000.000 (ikki million) so‘mlik “Redmi-9 A” rusumli qo‘l telefon apparatini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlikni Termiz shahrida yashovchi, sudlanmagan, B.Qobil sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 11 dekabr kuni B.Qobilga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech