5 Sentyabr 2022 yil 620

Termiz shahridagi 13-sonli umumta’lim maktabida ham mustaqillik darslari o‘tildi

Termiz shahridagi 13-sonli umumta’lim maktabida ham yangi o‘quv yili ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi. Ushbu munosabat bilan tashkil etilgan tadbir “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik I.Tursunov ishtirok etdi.

Ishtirokchilar so‘zga chiqib, so‘ngi yillarda aynan ta’lim sohasida amalga oshirilgan o‘zgarishlar, yangiliklar, bunyodkorlik ishlari xususida to‘xtalib o‘tishdi. So‘ngra, bu imkoniyatlarga munosib ravishda o‘quvchilar a’lo baholarga o‘qib, bilim olib, yuqori ko‘rsatkichlarga erishishlari lozimligi ta’kidlandi.

Tadbirda o‘quvchilarning badiiy chiqishlari yig‘ilganlarga xushkayfiyat ulashdi. Birinchi qo‘ng‘iroqdan so‘ng mustaqillik darslariga start berildi. Ayniqsa maktabga ilk qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilari o‘quv qurollari bilan to‘ldirilgan sovg‘alardan quvonishdi.

Text to speech