Termiz shahrida joylashgan harbiy qismda “Rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish-jinoyat demakdir” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
joriy yilning 16-fevral kuni Termiz shahrida joylashgan 11506-sonli harbiy qismda huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi katta tergovchisi kapitan Sh.Rahimov, Termiz harbiy prokurori yordamchisi adliya leytenanti D.Raxmatullaev hamda harbiy xizmatchilar ishtirokida "Rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish-jinoyat demakdir" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir davomida ko‘rsatilgan mavzu yuzasidan tegishli tushunchalar berildi.
Shu bilan birga tadbir ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023 yil 20-yanvar kunidagi 10-sonli qarori mazmun mohiyati tushuntirildi.
Surxondaryo viloyati Axborot xizmati