14 May 2022 yil 373

Termiz shahrida, viloyat sektor rahbarlarining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 14 may kuni Termiz shahridagi San’at saroyida Surxondaryo viloyati hokimi boshchiligida viloyat sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan sayyor qabulda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i A.S.Ismoilov ham ishtirok etib, 20 nafarga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qildi. Mazkur murojaatlarning aksariyati, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv, yo‘l harakati xavfsizligi, oila-turmush doirasidagi kelishmovchilik, uy qamog‘idan ozod qilish, pasport olish va IIOga ishga tiklash masalalarini o‘z ichiga oladi.
Kelib tushgan murojaatlarning barchasi tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, qabul jarayoni davomida viloyat IIBning tegishli sohaviy xizmat xodimlari tomonidan tekshiruv ishlari olib borildi.
Termiz shahar “Bo‘ston” mahallasida yashovchi asli Turkmaniston Respublikasida tug‘ilgan Bibutova Raima O‘zbekiston Respublikasi Fuqaroligiga tan olinishi va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID kartasi olish masalasida qilgan murojaati boshqarma boshlig‘i tomonidan qabul qilinib, ijobiy hal etilish masalasi ko‘rib chiqildi va unga qisqa muddat ichida identifikatsiya ID kartasi topshirilishi belgilandi.
O‘rganish talab etiladigan murojaatlar ijrosi boshqarma boshlig‘i tomonidan nazoratga olinib, ularga muddatlar belgilandi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech