13 Yanvar 2023 yil 380

Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, giyohvand moddasi savdosining oldi olindi

Surxondaryo viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi va Termiz shahar IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor xodimlari hamkorligida Termiz shahar “Saxovat” mahallasi hududida 2023 yil 9 yanvar kuni soat 15:30 larda tezkor tadbir o‘tkaziladi. Tezkor tadbir davomida, Termiz shahar “Turon” mahallasida yashovchi R.Rashid (ism shariflar o‘zgartirilgan) tadbirga mijoz sifatida jalb etilgan “Nodir” ismli shaxsga sof vazni 1,07 gramm gashish giyohvand moddasini 400 000 (to‘rt yuz ming) so‘m evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.

Surxondaryo viloyati IIB EKMning 2023 yil 9 yanvar kunidagi sudga oid kimyoviy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra fuqaro R.Rashid “Nodir” ismli shaxsga sotgan to‘q malla rangli, o‘ziga xos hidli, qo‘l bilan ushlab ko‘rilganda yopishqoq plastlinsimon moddalar tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, giyohvand vositalar turiga kirishi, umumiy sof og‘irligi 1,07 gramm ekanligi va “gashish” giyohvandlik moddasi deb nomlanishi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 2023 yil 10 yanvar kunida R.Rashidga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 4-qismining “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Termiz shahar IIB huzuridagi TB katta tergovchisi kapitan B.Sidiqov

Text to speech