16 Avgust 2022 yil 377

Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda giyohfurush qo‘lga olindi

Termiz shahrida 2022 yilning 8 avgust kuni shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limining xabariga ko‘ra, shu kuni soat 11:30 larda, shaharning “O‘zbekiston” mahallasi hududida joylashgan “RShTTYoB Termiz filiali” binosida Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2022” keng qamrovli profilaktik tadbiri davomida, shaharning “Sahovat” mahallasida yashovchi, X.Lochin (ism shariflar o‘zgartirilgan) tadbirga jalb qilingan “Sh” ismli shaxsga 1.800.000 (bir million sakkiz yuz ming) so‘m evaziga, sof vazni 7.51 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini sotib o‘tkazayotganida ushlangan va protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan. 8 avgust kuni X.Lochinga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech