1 Aprel 2023 yil 247

Termiz shahrida uyga kelgan mehmon o‘g‘rilikka qo‘l urdi

Termiz shahrida 2023 yil 24 mart kuni shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limining xabariga ko‘ra, Boysun tumanida yashovchi, L.Botir (ism shariflar o‘zgartirilgan) viloyat IIB “102” xizmatiga murojaat qilib, unda 08 mart kuni Termiz shahridagi yashash uyiga tanishi, Termiz tumanida yashovchi, R.Sarvigul bilan birgalikda kelib, o‘zi yuvinishga kirib chiqqanida, xonadagi shkaf ichida bo‘lgan jami 3.850.000 (uch million sakkiz yuz ellik ming) so‘m puli yo‘qolganligini ma’lum qilgan. Surishtiruv ishlari davomida, ushbu pullarni R.Sarvigul sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 24 mart kuni R.Sarvigulga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech