30 Dekabr 2022 yil 330

Termiz shahrida o‘g‘irlangan temir quvurlar egasiga qaytarildi

Termiz shahrida 2022 yil 3 dekabrm kuni, shaharning “Sahovat” mahallasida yashovchi, D.Alisher (ism shariflar o‘zgartirilgan) Termiz shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 26 noyabr kuni yashash uyining yonida turgan 26.000.000 (yigirma olti million) so‘mlik 2 dona temir quvurlarini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlikni Termiz tumanida yashovchi, E.Ergash sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 17 dekabr kuni E.Ergashga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech