11 Yanvar 2023 yil 415

Termiz shahrida transport vositasini olib qochgan shaxs qo‘lga olindi

Termiz shahrida 2023 yil 1 yanvar kuni, Termiz tumanida yashovchi, D.Yunus (ism shariflar o‘zgartirilgan) viloyat IIBning “102” qisqa raqamiga qilgan murojaatida, shu kuni soat 07.30 larda, shaharning “Shifokor” mahallasi hududida, Spark rusumli, avtoulovini yo‘l chetiga to‘xtatib, do‘kon ichiga oziq-ovqat mahsulotlarni olish maqsadida kirgan vaqtida avtoulovini noma’lum shaxs boshqarib ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, ushbu avtoulovni Termiz shahrida yashovchi, Ch.Asror mast holda avtoulovni boshqarib ketib, shaharning “Temir yo‘lchi” mahallasi hududiga texnik soz holda tashlab ketganligi aniqlangan. 1 yanvar kuni Ch.Asrorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech