Termiz shahrida muqaddam sudlangan shaxs yonidan giyohvand moddasi borligi aniqlandi
Termiz shahrida 2023 yil 11 yanvar kuni shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limining xabariga ko‘ra, 8 yanvar kuni “Davron” ismli shaxsning arizasi yuzasidan, shahar IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan shaharning “Temir yo‘li” mahallasi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Termiz shahrida yashovchi, muqaddam sudlanib, hozirda Probatsiya hisobida tuuvchi T.Tohir (ism shariflar o‘zgartirilgan) to‘xtatilib, tekshirib ko‘rilganida uning yonidan sof vazni 1.34 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan. 11 yanvar kuni T.Tohirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati