1 Sentyabr 2022 yil
329
Termiz shahrida mehnat faxriylari holidan xabar olindi
Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Termiz shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik M.Bozorov va mas’ul xodimlar Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan mehnat faxriylarining holidan xabar olishdi.
Xususan, Termiz shahri "Tinchlik" mahallasida yashovchi R.Bozorboev, "Alpomish" mahallasida yashovchi T.Davlatov hamda "Ma’rifat" mahallasida yashovchi A.Xo‘jamqulovlarning xonadonlarida bo‘lishib, ularni bayram bilan tabriklashdi. Tashrif bahonasida dildan suhbat qilindi, shu bilan birga, xonadon sohiblarining muammo va takliflari ham o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati