18 Avgust 2022 yil 438

Termiz shahrida Masjid hovlisidan telefon o‘g‘irlandi

Termiz shahrida 2022 yil 26 iyul kuni Sho‘rchi tumanida yashovchi, I.Panji (ism shariflar o‘zgartirilgan) IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 23 iyul kunidan 24 iyul kuniga o‘tar kechasi soat 01:00 larda, shahardagi masjid hovlisida qarovsiz qoldirgan narxi 1.000.000 (bir million) so‘mlik “Samsung A-5” rusumli qo‘l telefonini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini Denov tumanida yashovchi, Ch.Maqsud sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 5 avgust kuni Ch.Maqsudga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech