15 Sentyabr 2022 yil 363

Termiz shahrida “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida situatsion o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Mamlakatimiz bo‘ylab 2022 yil 10 sentabr kunidan 10 oktabr kuniga qadar ichki ishlar organlarida «Kasbiy tayyorgarlik oyligi» deb e’lon qilingan.

Shu munosabat bilan mazkur "Kasbiy tayyorgarlik oyligi" doirasida joriy yilning 15 sentabr kuni Termiz shahrida, Surxondaryo viloyati IIB kasbiy tayyorgarlik bo‘limining mas’ul xodimlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat tartibini saqlashga jalb etilgan kuch va vositalarning huquqbuzarlar bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nostandart vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish, jismoniy kuch ishlatish hamda jangovar shayligiga doir ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida, situatsion o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur mashg‘ulotlar Surxondaryo viloyatining  Qiziriq, Bandixon tumanlari ichki ishlar bo‘limlari hamda Denov tumani ichki ishlar boshqarmasida ham o‘tkazildi.

Text to speech