9 Dekabr 2022 yil 393

Termiz shahrida YPX xodimlari tomonidan qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi

Jarqo‘rg‘on tumanida 2022 yilning sentabr oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi, 228-moddasi 1-qismi va 184-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, tuman prokuraturasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, tumanning “Kunchiqish” mahallasida yashovchi, Sh.Shomil (ism shariflar o‘zgartirilgan) 2 dekabr kuni viloyat IIB Jamoat xavfsizlik xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xolimlari tomonidan Termiz shahar hududida yashirinib yurganligi aniqlanib ushlangan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech