14 Aprel 2022 yil 569

Termiz shahrida, yana bir korrupsion jinoyatga hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda chek qo‘yildi

Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahri hokimiyatida ishlovchi "N.Sodiq" ismli shaxs Subsidiya uylarini pul evaziga fuqarolarga hal qilib berayotganligi to‘g‘risida olingan tezkor ma’lumoti hamda Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro L.Lochinning arizasiga asosan, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro L.Lochin uy-joy olish maqsadida, subsidiya asosida hujjat topshirganligini, subsidiya ajratilishi uchun yakuniy xabarnomani berish uchun Termiz shahar hokimiyati ishchisi “N.Sodiq” ismli shaxs 3.000.000 (uch million) talab qilib, oldindan 1.000.000 (bir million) so‘m pulni olib, qolgan 2.000.000 (ikki million) so‘m miqdoridagi pullarni olgandan so‘ng uy-joy olish maqsadida, Subsidiya ajratilishi uchun yakuniy xabarnomani berishini aytib, qolgan 2.000.000 (ikki million) so‘m miqdoridagi pullarni talab qilib kelayotganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab murojaat qiladi.
Mazkur arizaga asosan, 2022 yil 5 aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiuv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, ariza muallifi L.Lochindan so‘ralgan pullarni Termiz shahar “Do‘stlik” mahallasi hududida joylashgan Termiz shahar hokimligi binosi oldida talab qilingan 2.000.000 (ikki million) so‘m miqdoridagi kimyoviy ishlov berilgan pullarni sanab olayotgan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olinib, holat protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan 2022 yilning 7 aprel kuni Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan “N.Sodiq”qa nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech