Termiz shahrida internet do‘kon orqali firibgarlik jinoyatini sodir qilib kelgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Termiz shahrida 2023 yil 16 yanvar kuni shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limining xabariga ko‘ra Sho‘rchi tuman “Kushon” mahallasida yashovchi, N.Usmon (ism shariflar o‘zgartirilgan) Termiz shahar IIB boshlig‘i nomiga ariza yozib unda, “OLX” internet do‘koni orqali, sotuvga qo‘ygan, “Samsung A-72” rusumli telefon apparatini Termiz shahrida yashovchi, (muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir qilib, sudlangan) S.Nodir 2022 yilning 13 dekabr kunida 4.000.000 (to‘rt million) so‘mga hisoblab olib, ushbu telefon apparatini boshqa shaxsga sotib yuborib, pulini o‘zlashtirib ketadi. Bundan tashqari, S.Nodir, shaharning “Kattabog‘” mahallasida yashovchi, D.Dostonning ishonchiga kirib “Iphone-13 PRO max” rusumli telefon apparatini 2022 yil 19 dekabr kunida 920 (to‘qqiz yuz yigirma) AQSh dollariga hisoblab olib, telefon apparatini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini o‘zlashtirib ketganligi aniqlangan. 16 yanvar kuni S.Nodirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati