5 Aprel 2022 yil
407
Termiz shahrida, xonadonga kirib, o‘g‘irlik qilgan shaxs qo‘lga olindi
2022 yil 14 mart kuni, Termiz shahrida yashovchi, F.Salomat (ism shariflar o‘zgartirilgan) “102”ga qilgan murojaatida, shu kuni yashash uyidan 1 dona tilla ziragini va 800.000 (sikkiz yuz ming) so‘mlik 1 dona “Novey” rusumli, telefon apparatini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu o‘g‘irlikni, Termiz shahrida yashovchi, E.Diyor o‘g‘irlab ketganligini aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 25 mart kuni E.Diyorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati