8 Fevral 2023 yil 415

Termiz shahrida xonadon o‘g‘risi qo‘lga olindi

Termiz shahrida 2023 yil 21 yanvar kuni, shaharning “Jo‘yjangal” mahallasida yashovchi, S.Sarvinoz (ism shariflar o‘zgartirilgan) viloyat IIBning “102” qisqa raqamiga qilgan murojaatida, 20 yanvar kuni yashash uyidan noma’lum shaxs narxi 1 000 000 (bir million) so‘mlik 1 dona televizor, narxi 500.000 (besh yuz ming) so‘mlik 1 dona podstavka va sotilish narxi 250.000 (ikki yuz ellik ming) so‘mlik 1 dona tyuner apparatlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini Termiz shahrida yashovchi 2019 yilda o‘g‘irlik jinoyatini  sodir etganligi uchun sudlangan K.Abbos sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 21 yanvar kuni K.Abbosga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech