7 Aprel 2023 yil 437

Termiz shahrida giyohfurushlik jinoyatining oldi olindi

Termiz shahrida 2023 yil 30 mart kuni shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limining xabariga ko‘ra, Angor tumani IIB Tezkor qidiruv bo‘limi Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari hamkorligida 28 mart kuni shaharning “Guliston” mahallasi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, shu kuni soat 00.30 larda, shu mahallada yashovchi, S.Sobir (ism shariflar o‘zgartirilgan) mijozga sof vazni 0,9 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini 600.000 (olti yuz ming) so‘mga sotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalil bilan ushlangan. Shundan so‘ng, “Guliston” mahallasi hududida tezkor tadbir davom ettirilib, shu kuni soat 18.00 larda, Termiz shahrida yashovchi B.Botir tadbirga mijoz sifatida jalb qilingan S.Sobirga vazni 1,65 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini 550.000 (besh yuz ellik ming) so‘m evaziga sotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan. 30 mart kuni S.Sobir hamda B.Botirlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech