6 Dekabr 2022 yil 317

Termiz shahrida giyohfurush jinoyat ustida qo‘lga olindi

Termiz shahrida 2022 yil 19 noyabr kuni soat 17.10 larda, Termiz shahar IIB Tezkor qidiruv xizmati Terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan shaharning “Jo‘yjangal” mahallasi hududida o‘tkazilgan tadbir davomida, shu mahallada yashovchi, T.Kamol (ism shariflar o‘zgartirilgan) mijozga 250.000 (ikki yuz ellik ming) so‘m pul evaziga 0,79 gr “gashish” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtda ushlangan. 20 noyabr kuni T.Kamolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech