11 Oktyabr 2022 yil 428

Termiz shahrida firibgarlik jinoyatini sodir qilib kelayotgan shaxs tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Termiz shahrida 2022 yil 3 oktabr kuni, shaharning “Majnuntol” mahallasida yashovchi, M.Suxrobning (ism shariflar o‘zgartirilgan) arizasiga asosan, shu kuni shaharning “A.Avloniy” mahallasi hududida, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, shaharning “Do‘stlik” mahallasida yashovchi, S.Samandar uning ishonchiga kirib, o‘zini “harbiy qisimda ishlayman, sizni Milliy gvardiyaga ishga joylashtirib qo‘yaman!”- deb, 2500 (ikki ming besh yuz) AQSh dollari talab qilib, undan 5.500.000 (besh million besh yuz ming) so‘m pul olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bundan tashqari, S.Samandar shu yilning avgust oyida, D.Dalerni ishonchiga qirib, ukasi, D.Dostonni “jazoni ijro etish koloniyasidan ozod qilaman”-deb, 2.500.000 (ikki million besh yuz ming) so‘m pullarni olganligi, Sh.Saodatga “bankdan kredit chiqarib beraman!”-deb, 2.500.000 (ikki million besh yuz ming) so‘mlik bir juft tillo ziragini olib ketgan. S.Samandar shu yilning may oyida, T.Tolibning ishonchiga kirib, bundan 10 yil muqaddam qarz bo‘lgan M.Avazov va Ya.Avazovdan “25.000.000 (yigirma besh million) so‘m pullarini olib beraman!”-deb, 500 (besh yuz) AQSh dollari va uning shaxsiy hujjatlarini olib ketgan. S.Samandar shu yilning 3 sentabr kuni B.Barnoning ishonchiga kirib, “1 dona tillo uzuk va 1 juft tillo sirg‘alarni 10 sentabr kuni pulini berman!”-deb, olib ketganligi aniqlangan. 3 oktabr kuni S.Samandarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech