26 May 2023 yil 383

Termiz shahrida firibgar uy joy qurib berishni va’da qilib, pullarni o‘zlashtirib ketdi

Termiz shahrida yashovchi, K.Furqat (ism shariflar o‘zgartirilgan) shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2022 yil iyul oyida, Termiz shahrining “Majnuntol” mahallasida yashovchi, D.Xasan opasi, J.Orzigulning shaharning “Pattakesar” mahallasidagi yer-joyiga o‘zi va ishchilari bilan birga uy qurib berishini va’da berib, 12 000 000 (o‘n ikki million)  so‘m pulini olib, hozirga qadar uy-joy qurib bermasdan pullarni o‘zlashtirib ketganligini bildirgan. 5 may kuni D.Xasanga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech